Samarqanddagi YTHda piyoda halok bo‘ldi
“Damas” haydovchisi piyoda uning yo‘liga yugurib chiqqanini aytmoqda.
Samarqand viloyati Narpay tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 5 oktyabr kuni tunda yuz bergan. “Damas” mashinasi Narpay tumanida yo‘lda harakatlanib ketayotganda yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.
Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.
Men Samarqand yo‘nalishida ketayotgandim. Yo‘l chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Yoniga borganimda ularning o‘rtasidan bir ayol yugurib chiqdi va mashinamga o‘zini otib yubordi. Mashinamni yo‘l chetida to‘xtatdim. Ayolni ko‘tarib mashinamga ortishdi, shifoxonaga olib bordim. Yarim soatdan so‘ng ayolning joni uzildi, deydi haydovchi yigit.
Qayd etilishicha, mas’ul rahbarlar va keng jamoatchilik ishtirokida mazkur YTH muhokama qilingan va odamlar hushyorlikka chorlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Toshkentda Zeekr va Onix ishtirokida YTH yuz berdi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi