14 Avgust 2024, 12:11 •Oʻzbekiston
Samarqanddagi YTHda 4 yashar bola halok bo‘ldi
Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi 4 yoshli bolani urib ketdi, oqibatda u voqea joyida halok bo‘lgan.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi bolani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Qayd etilishicha, holat 9-avgust kuni soat 19:40 atrofida sodir bo‘lgan. Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan, so‘ngra yo‘l chetida turgan 4 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda bola olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida halok bo‘lgan.
Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan yili 100 tonna oltin qazib olindi
10 Oktabr 2024, 19:24Paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan rais jarimaga tortildi
10 Oktabr 2024, 18:42“O‘zgidromet” sel xavfi borligidan ogohlantirdi
10 Oktabr 2024, 18:10Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori e’lon qilindi
10 Oktabr 2024, 17:35Futbol o‘yini sabab poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopildi
10 Oktabr 2024, 16:58“Milton” to‘foni sabab AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
10 Oktabr 2024, 16:25Qiz farzandli boʻlsa, uni axlatga tashlashini aytgan blogerga jinoyat ishi ochildi
10 Oktabr 2024, 15:41IIBB O‘zbekiston–Eron o‘yinidan oldin futbol muxlislarini ogohlantirdi
10 Oktabr 2024, 15:04