22 Oktabr 2024, 18:32 Oʻzbekiston

Samarqanddagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻldi

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqanddagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻldi

Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanidagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, hodisa bugun, 22-oktyabr kuni soat 6:30 lar atrofida tuman markazidagi Mustaqillik mahallasida joylashgan xonadonlardan birida sodir boʻlgan. Dastlabki taxminlarga koʻra, portlashga xonadonda gaz toʻplanib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab boʻlgan.

Portlash oqibatida R.S. (52 yosh), M.S. (55 yosh) hamda ularning farzandlari F.X. (22 yosh) va D.X. (17 yosh) voqea joyida vafot etgan.

Hozirgi kunda tuman prokuraturasi tomonidan vafot etgan shaxslarning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar