Samarqanddagi savdo doʻkonlaridan birida yongʻin chiqdi
Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida katta yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yongʻin bugun, 29-oktyabr kuni Samarqand tumani Xoʻja Ahror Valiy mahallasining Gʻalaba koʻchasida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida sodir boʻlgan.
Hodisa haqida soat 09:04 da viloyat FVBga xabar berilgan. Shunga koʻra, 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, voqea joyiga soat 09:11 da yetib borib, soat 09:40 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida savdo doʻkonining shift, tom qismi va kiyim-kechak mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisada jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namangandagi zapravkada Niva yonib ketdi Samarqandda bogʻcha va maktab oʻquvchilari xavfsizligiga zid ravishda “ilon oʻyini” tomoshasi oʻtkazilgani aniqlandi Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi Toshkentdagi konteynerda yong‘in sodir bo‘ldi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi