Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi
Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimlarining avariya tiklash brigadalari tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida yuk mashinalari sabab salkam 6 ming xonadon gazsiz qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasi shikast yetkazgan, oqibatda gaz sizib chiqish holati kuzatilgan. Buning natijasida 5200 ta xonadon va 81 ta ulgurji isteʼmolchida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
Shuningdek, Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi yuqori bosimli gaz quvuriga ham yuk mashinasi kelib urilgan, hodisa sabab gaz sizib chiqishi kuzatilgan. Buning ortidan“Bogʻbon” MFYdagi 300 ta yerli xonadon va “Argʻin” MFYdagi 400 ta yerli xonadon hamda 15 ta ulgurji isteʼmolchida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimlarining avariya tiklash brigadalari tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







