Samarqandda yangi tug‘ilgan chaqaloq chiqindixona yaqiniga tashlab ketildi
Bola Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi tomonidan o‘lik holda topilgan.

Samarqand shahri Qoravus dahasida yangi tug‘ilgan chaqaloq chiqindixona yaqiniga tashlab ketildi. Bu haqda Sevimli telekanalida xabar berildi.
Bola Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi Matluba Jo‘raqulova tomonidan 7-yanvar kuni soat 07:30 atrofida “Obod maskan” mahallasi binosi orqasidagi chiqindixona yonida o‘lik holda topilgan. Uning aytishicha, chaqaloqning bosh va oyoq qismida jarohatlar bo‘lgan.
“Kim bo‘lsa ham, uni kechasi tashlab ketgan. Hamma joyni tozalab yurganimda shu chaqaloqni ko‘rib qoldim. Boshi va qo‘li tilingan edi. It yoki biror nima [tilganmi], tushunmadim. Kiymi yo‘q edi, oyoqlari hojatxona qog‘oziga o‘ralgandi”, deydi xodim.
Voqea sodir bo‘lgan hududda kuzatuv kameralari o‘rnatilmagan. Biroq mahalla yaqinligi sababli bu joy odamlar serqatnov joy hisoblanadi, deyiladi xabarda.
13-oilaviy poliklinika akusher ginekologi Aziza Berdiyevaning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq 22 haftalik va kindigi kesilmagan homilaga os keladi.
“Mening fikrimcha, u 4−5 soat oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lishi mumkin. Davlat tug‘uruqxonalariga murojaat qilmay, uyda qilingan tug‘ruqqa o‘xshadi. Rivojlanishi normal, qo‘l-oyoqlari butun, tirnoqlari shakllangan, 500 gramm atrofidagi qiz jinsli chaqaloq edi”, degan shifokor.
“Hududdagi 500 nafar homiladorning barchasi bilan bog‘lanib chiqdik. Bu holat boshqa joydan kelganlar bilan sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Chunki u yerda ijarada yashaydiganlar ko‘p”, deya qo‘shimcha qildi u.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi Jomboy tumaniga ham yangi hokim tayinlandi Samarqandda talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi Uch viloyatida 530 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







