18 Oktabr 2024, 16:10 Oʻzbekiston

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan talabalar yotoqxonasi qurilishi to‘xtatildi

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joy binosi qurilishi to‘xtatildi.

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan talabalar yotoqxonasi qurilishi to‘xtatildi

Samarqand davlat chet tillar instituti hududida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joy binosi sifatsiz qurilayotgani sabab, qurilishi to‘xtatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat inspeksiya xodimlari tomonidan reyd tadbirlari davomida aniqlangan. Xususan, devorlarga terilgan g‘ishtlarning vertikal choklari qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmagan; monolitniy maydonning armokarkas hamultlari loyiha bo‘yicha bajarilmasdan masofasi 60 sm qilib bajarilgan; eshik yonidagi temir beton serdechnik armaturalarining himoya qatlami mavjud emas; regil va serdechniklarda fiksatel qo‘yilmagan. Natijada armokarkaslar betondan chiqib qolgan, kalonna va regillar o‘z o‘qida bajarilmagan.

Bundan tashqari, obyektda sifatiz qurilish materiallaridan foydalanilgan. Quyma temir-beton zinalarida mayda yoriqlar bo‘lishiga qaramasdan montaj qilingan. Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmayapti. Qurilish maydoni belgilangan tartibda o‘ralmagan.

Obyekt qurilish chiqindilaridan tozalanmaganligi aniqlanib, qoidabuzarliklarni bartaraf qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Yuqoridagi holatlar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan mas’ullarga ogohlantirish xatlari berilib, obyektda qurilish ishlari to‘xtatildi, deydi mas’ul.

Mashhur yangiliklar