Samarqandda qaynona kelinini qaychi va oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi
Sud hukmi bilan u 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Samarqand viloyati Narpay tumanida qaynona kelinini quvvatlagich simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, sudlanuvchi ayol bir vaqtlar farzandlarini mehribonlik uyiga tashlab ketgan. Oradan yillar o‘tgach, o‘g‘lining to‘yidan keyin uning uyiga kelib yashay boshlagan. Biroq doimiy ravishda kelinini kamsitib, haqoratlab kelgan.
Voqea sodir bo‘lgan kunda uning o‘g‘li uyda bo‘lmagan. Ayol shundan foydalanib kelinini quvvatlagich simi bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi, so‘ng shisha idish, qaychi va oshxona pichog‘i bilan jarohatlaydi. Kelin olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Ayol shundan so‘ng qochmoqchi bo‘lgan, biroq qo‘lga olingan. Sud hukmi bilan Jinoyat kodeksining 97-moddasining 2-qismi “g” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topildi va 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi Jomboy tumaniga ham yangi hokim tayinlandi Samarqandda talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi Uch viloyatida 530 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







