10 Yanvar 2025, 12:33 Oʻzbekiston

Samarqandda qariyb 500 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Samarqandda qariyb 500 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida 462,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Tumanning “Qozoqnayman” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. xonadonida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlari rasmiylashtirmasdan, gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 462,7 million so‘mlik zarar hisoblandi.

Noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar