18 Oktabr 2024, 10:48 Oʻzbekiston

Samarqandda metan “zapravka” 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Samarqandda metan “zapravka” 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi metan “zapravka” 6,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “D.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasiga o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasining manifold qurilmasiga tashqi taʼsir o‘tkazilgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasiga 6,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar