Samarqandda mashina boshqargan 7-sinf o‘quvchisi YTHda halok bo‘ldi
Hozirgi kunda holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida maktab o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Viloyat IIB YHXBning xabar berishicha, hodisa 2024 yil 16 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.
7-sinf o‘quvchisi 4R-238 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani Oqtosh mahallasi hududidan o‘tgan qismida Jiguli mashinasini minib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda mashina yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan. O‘quvchi bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan o‘quvchi 17 oktyabr kuni shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, bunday ayanchli holatlarning oldini olish maqsadida Bulung‘ur tumani marhum o‘quvchi ta’lim olgan maktabda YHXB mutasaddilari, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda bogʻcha va maktab oʻquvchilari xavfsizligiga zid ravishda “ilon oʻyini” tomoshasi oʻtkazilgani aniqlandi Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi Toshkent viloyatida o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini kaltakladi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab ishdan ketayotgani aytildi