20 Yanvar 2025, 13:09 Oʻzbekiston

Samarqandda maktab o‘quvchisi urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 10-sinf o‘quvchisi urib ketgan 51 yoshli erkak og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Samarqandda maktab o‘quvchisi urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Samarqand shahrida voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Spark piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, holat shaharning Sadriddin Ayniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Shahardagi 5-maktabning 10-sinf o‘quvchisi uyda turgan mashinani so‘roqsiz minib chiqib ketgan.

Yo‘lda u piyodani urib yuborgan. Oqibatda 51 yoshli erkak og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Mashhur yangiliklar