Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani rad etildi
Samarqandda majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan o‘quvchilar buni dars doirasida qilgani aniqlandi.
Samarqandda majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan o‘quvchilar buni dars doirasida qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, holat tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi va hamkor tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan. O‘quvchilar 19-aprel kuni texnologiya darsida “Kasbim faxrim” to‘garagi mashg‘ulotlarining “Gulchilik kasbi, issiqxona gullari va dala gullari” mavzusidagi dars doirasida o‘z xohishlari bilan ushbu mikro uchastkaga gul ekmoqchi bo‘lganini tushuntirish xatlarida ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, pedagoglarning maktab hovlisida obodonlashtirish ishlari bilan shug‘ullanayotgai tasvirlangan videolavha 8-avgust kuni olingani aniqlandi. 7-avgust kuni maktabda navbatdan tashqari pedagogik kengashi o‘tkazilgan va yig‘ilishda direktor tomonidan obodonlashtirish ishlarida xodimlarning yordam berishi taklifi kiritilgan. Obodonlashtirish ishlarida maktabdagi 50 nafar o‘qituvchidan 12 nafari o‘z xohishlariga ko‘ra ishtirok etgan.
Ayni paytda holatni tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaroni aniqlash va unga qonun doirasida choralar ko‘rish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Samarqandda sud raisining haydovchisi pora bilan ushlandi Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi