
Samarqandda madaniy obyektni rekonstruksiya qilish uchun yuzlab turar-joy binolari buziladi
Bino egalariga kompensatsiya toʻlashga vaʼda berishdi.

Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turar joy buziladi, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi matbuot xizmati.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, buziladigan binolar madaniy meros obyektlari hisoblanmaydi va ularning egalariga kompensatsiya toʻlanadi. Qaror prezidentning “Chokardiza” qabristonidagi majmuani rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi farmonidan keyin qabul qilindi.
Hokimiyat hududni obodonlashtiradi, sakkiz nafar taniqli ilohiyotshunosning qabrlarini taʼmirlaydi va ziyoratchilar uchun qulay infratuzilma yaratadi. Rekonstruksiya 2025-yil aprel oyida nishonlanadigan Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligiga bagʻishlangan.
Buzilish va qurilish ishlari YUNESKO talablariga muvofiq amalga oshiriladi, — deyiladi xabarda.
Soʻnggi yangiliklar







