Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida portlash yuz berdi
Samarqand shahrida ko‘p qavatli uy xonadonida yuz bergan portlashda ikki kishi jarohatlandi.

9-sentabr kuni Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida “chaqnash” sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Holat soat taxminan 17:30 larda Beruniy ko‘chasida joylashgan 86-uyning 3-qavatidagi xonadonlardan birida yuz bergan.
FVB ma’lumotiga ko‘ra, chaqnashda ikki nafar fuqaro jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. “Chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan”, — deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda holatga xonadonlardan birida gaz balloni portlagani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB xodimlari chiqqan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda qaynona kelinini qaychi va oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi Samarqandda elektr va gaz korxonalarining 7 nafar xodimi qamoqqa olindi Samarqandda mashina boshqargan 11-sinf o‘quvchisi YTHda halok bo‘ldi Samarqandda 2 tonna isteʼmolga yaroqsiz goʻsht toʻxtatib qolindi Buxorodagi yana bir uyda gaz portladi
Soʻnggi yangiliklar







