Samarqandda kadastr xodimi 1,5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Samarqand viloyatida fuqaroga uy-joy egalik huquqini olib berishini aytib, undan pul olgan kadastr xodimi ushlandi.
Samarqand viloyatida fuqarodan yer va uy-joyni hujjatlashtirib, egalik huquqini olib berishini aytib pul olgan kadastr xodimi ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
30-iyul kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati, Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda davlat Kadastr palatasi Past Darg‘om tumani filiali xodimi fuqarodan “Turkman” mahallasida joylashgan yer maydoni hamda unda qurilgan uy-joyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib, egalik huquqini olib berish evaziga 1,5 ming dollar olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Samarqandda sud raisining haydovchisi pora bilan ushlandi Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi