25 Oktabr 2024, 17:19 Oʻzbekiston

Samarqandda gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgani aniqlandi

Samarqand viloyatida gaz quvurlari montaj qilinmagani va rekonstruksiya ishlari sifatsiz bajarilgani aniqlandi.

Samarqandda gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgani aniqlandi

Samarqand viloyatda gaz taqsimlash qurilmalarida ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar bermoqda.

Inspeksiya tomonidan Urgut tumanida 9 ta gaz taqsimlash punktida taftish ishlari olib borilmagan. O‘rganishlar vaqtida gaz taqsimlash qurilmalarining gaz bosimini bir me’yorda taqsimlab berish uchun o‘rnatilgan regulyatorda quvurlar montaj qilinmaganligi hamda ularning atrofi o‘ralmasdan, texnik holati qoniqarsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan.

O‘rganish davomida Past Darg‘om tumanida aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi D-159 mmli bo‘lgan o‘rta bosimli gaz quvurining 800 metr qismi rekonstruksiya qilish ishlar sifatsiz bajarilganligi aniqlangan. Shuningdek, “Chortut” mahallasi hududidan o‘tayotgan har xil diametrli gaz quvurlari qarovsiz holatda va zanglashga qarshi ishlov berilmaganligi, tirgaklari o‘rnatilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur ta’mirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi mas’ullarga ko‘rsatmalar berilgan, uning bajarilishi nazoratga olingan.

Mashhur yangiliklar