Samarqandda fuqarolarni AQShga ishga yuborishni vaʼda qilgan ota-bola ushlandi
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyatida 2 fuqaroni AQShga ishga yuborishni va’da qilib, 22 ming dollar talab qilgan ota-bola ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi S.A. o‘zining o‘g‘li S.M. bilan til biriktirib, 2 nafar mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan va tanishlari orqali ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytgan.
Buning evaziga S.A. ularning har biridan 11 ming dollardan, jami 22 ming dollar so‘rab, ushbu pulning 70 foizini oldindan, qolgan 30 foizini esa viza hujjatlari tayyor bo‘lganidan keyin berishlari kerakligini talab qilgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 15 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Boshqa holatda esa Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi 1999 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A.N. o‘zining tanishlari yordamida fuqaroni AQShga ishga yuborish evaziga 21 ming dollar talab qilib, 9 ming dollarni oldindan olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqand shahri hududi kengaymoqda Samarqandda noqonuniy qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga 826 mlrd so‘m zarar yetkazdi Ikki viloyatda “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi Samarqandda qo‘lbola aroq sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Uch viloyatda ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarliklar fosh etildi