Samarqandda elektr va gaz korxonalarining 7 nafar xodimi qamoqqa olindi
Samarqand viloyatida elektr va gaz korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatda ayblangan 7 nafar xodimi qamoqqa olindi.

Samarqandda korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanib, elektr va gaz korxonalarining 7 nafar xodimi qamoqqa olindi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 14-fevral kuni Bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarligida Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilgan.
Unda, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyati hamda tumanlar va shaharlar filiallari xodimlari, shuningdek, boshqa masʼullar ishtirok etdi.
Yig‘ilish jarayonida taʼminot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida sohadagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida taʼminot korxonalari rahbarlariga sohada keskin o‘zgarishlar qilish, ijro va mehnat intizomini qatʼiy taʼminlash, ayniqsa, xodimlar o‘rtasida profilaktika choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi Jomboy tumaniga ham yangi hokim tayinlandi Samarqandda talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi Uch viloyatida 530 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







