Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi pora bilan ushlandi
Urgut tumanida elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi tadbirkorning 7 ming dollarini qo‘lga kiritgani aniqlandi.
Samarqand viloyati Urgut tumanida elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi tadbirkorning 7 ming dollarini qo‘lga kiritgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda sobiq muhandisi A.N. (muqaddam sudlangan) quruq mevani qayta ishlash zavodi hisobchisi F.N.ga uning faoliyati uzluksiz ishlashi uchun 14 ming dollar so‘ragan.
Buning evaziga alohida elektr tarmog‘ini tortib, yangi transformator o‘rnatishi hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilgan. Shundan 7 ming dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Tekshiruv davomida xodimning 7 ming dollarni qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqand shahrida yashash xonadoni yonib ketdi Samarqandda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Samarqanddagi savdo doʻkonlaridan birida yongʻin chiqdi Buxoroda fuqaroga umrbodlik nafaqa va’da qilgan shifokor ushlandi Samarqandda gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgani aniqlandi