15 Noyabr 2024, 15:06 Oʻzbekiston

Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan yigit qamaldi

Nurobod tumanida Telegram orqali diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi.

Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan yigit qamaldi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi yigit diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgani uchun sudlandi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, u Telegram`da guruh ochib, internetdan yuklab olingan diniy mazmundagi musiqalarni joylab borgan. Ushbu guruhga qariyb 1,5 yil davomida ekstremistik va aqidaparastlik g‘oyalari aks etgan nashidalar yuborilgan.

u qo‘shiqlarni o‘zimga yoqqani uchun ma’nosini tushunmasdan guruhga joylaganman. Arab tilini umuman bilmayman, faqat qo‘shiq ohangi yoqqan, deb ta’kidlagan sudlanuvchi.

Sudlanuvchi tomonidan yuritib kelingan guruh ko‘zdan kechirilganda, unda 5 ta diniy mazmundagi nashidalar borligi va ularning barchasi yigitga tegishli telefondan yuborilgani aniqlangan.

Yigit suddan yengillik so‘rab, qilmishidan pushaymonda ekanini ta’kidlagan. U Jinoyat kodeksining 244−1-moddasi 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli topilgan va 57-modda tatbiq etilgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mashhur yangiliklar