Samarqandda dalahovlisida 670 tup marixuana yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi
Samarqand tumanida 48 yoshli fuqaro dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirayotgani aniqlandi.
Samarqand viloyatida dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, 1 avgust kuni Samarqand viloyati Samarqand tumani Yangi ariq mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1976 yilda tug‘ilgan erkak dalahovlisida 670 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, uning hovlisidan 15 kg 300 gm marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilishicha, dalahovlida bo‘lgan 3 nafar shaxsning holatga aloqadorligi bo‘yicha tekshiruvlar amalga oshirilmoqda. Mazkur voqea yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “b” bandi va 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Ikki viloyatda maktabga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus qo‘yiladi Surxondaryoda 112 mln so‘mlik marixuana savdosiga chek qo‘yildi Samarqandda qariyb 500 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlandi Samarqandga uchgan samolyot Moskvaga favqulodda qo‘ndi