Samarqandda bugundan isitish mavsumi boshlandi
Samarqand shahrida 1-noyabrdan isitish mavsumi boshlandi.
Samarqand viloyatida ham isitish mavsumi bugun, 1 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda kecha, 31 oktyabr kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli farmoyishi imzolandi.
Farmoyishga ko‘ra, Samarqand shahri va tumanlar hokimliklari, ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal xo‘jalik korxonalariga 1 noyabrdan boshlab kecha-yu kunduz ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirilgan.
Shuningdek, ularga viloyatdagi ijtimoiy soha ob’ektlariga va aholi yashash uy-joylariga, “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tizimidagi isitish qozonxonalariga uzluksiz hamda bir me’yorda tabiiy gaz, elektr energiyasi quvvati yetkazib berilishini ta’minlash va tabiiy gaz yetib bormaydigan aholi punktlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash kabi vazifalar yuklatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda bogʻcha va maktab oʻquvchilari xavfsizligiga zid ravishda “ilon oʻyini” tomoshasi oʻtkazilgani aniqlandi Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab ishdan ketayotgani aytildi Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin