Samarqandda avtobus va tramvayda kira narxlari oshdi
Naqd pul bilan toʻlashda narx qimmatroq boʻladi.

Samarqandda 15-apreldan boshlab avtobus va tramvayda yoʻl haqi 3 ming soʻmgacha qimmatlashdi, deya xabar bermoqda viloyat Transport boshqarmasi matbuot xizmati.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, viloyat hokimining qarori bilan shahar ichida avtobus, elektrobus va tramvayda yoʻl haqi naqd pulda toʻlanganda 3 ming soʻm, bank plastik kartasi yoki ATTO transport kartasi orqali toʻlanganda esa 2 ming soʻm etib belgilandi.
Nafaqaxoʻrlar, nogironlar, talabalar va oʻquvchilar uchun alohida tariflar belgilandi. Shuningdek, fuqarolarning ayrim toifalari uchun transportda bepul yurish huquqi saqlab qolindi.
Tariflarning oʻzgarishi aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, elektron toʻlov tizimini joriy etish va transport korxonalarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan, — deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi Jomboy tumaniga ham yangi hokim tayinlandi Samarqandda talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi Uch viloyatida 530 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







