23 Avgust 2024, 13:52 •Oʻzbekiston
Samarqandda avtobus va 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida bir nafar yo‘lovchi voqea joyida, bir nafar haydovchi shifoxonada vafot etgan.
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida uchta avtomobil va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatlararo qatnovchi Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelib, qayrilayotgan Tracker’ga urilgan va aylanib ketgan.
Oqibatda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Nexia-3 hamda avtobusning old qismiga urilgan. Hodisa sabab Cobalt yo‘lovchisi voqea joyida, haydovchi esa shifoxonada vafot etdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan yili 100 tonna oltin qazib olindi
10 Oktabr 2024, 19:24Paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan rais jarimaga tortildi
10 Oktabr 2024, 18:42“O‘zgidromet” sel xavfi borligidan ogohlantirdi
10 Oktabr 2024, 18:10Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori e’lon qilindi
10 Oktabr 2024, 17:35Futbol o‘yini sabab poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopildi
10 Oktabr 2024, 16:58“Milton” to‘foni sabab AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
10 Oktabr 2024, 16:25Qiz farzandli boʻlsa, uni axlatga tashlashini aytgan blogerga jinoyat ishi ochildi
10 Oktabr 2024, 15:41IIBB O‘zbekiston–Eron o‘yinidan oldin futbol muxlislarini ogohlantirdi
10 Oktabr 2024, 15:04