Samarqandda 600 dollar evaziga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Samarqand va Andijon viloyatlarida soxta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.H.” avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi G‘.Q. fuqaro A.R.ga avtomaktabda o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 600 AQSh dollarini olib, unga soxta guvohnoma rasmiylashtirib bergani aniqlangan. G‘.Q. tomonidan 100 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar” tashkilotining tuman bo‘limi hisobchisi Sh.X. fuqaro G.A.ga haydovchilik guvohnomasini olishi uchun o‘quv kursini bitirgani to‘g‘risida sertifikat olib berishi evaziga 5,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Toshkentda qalbaki 9 ming dollarlarni sotayotganlar ushlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi