Samarqandda 553 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi
Past Darg‘om tumanidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi 553 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Samarqand viloyatidagi korxonalardan biri 553 million so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Energosavdo filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorati xizmati hamda mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyatida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida Past Darg‘om tumanidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi Ch.F.B MChJda hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulanib 553 million so‘m yoki 204 ming kVt.s elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlangan va qayta hisob-kitob qilingan.
Keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, 3-7 fevral kunlari Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 20 ta qoidabuzarlik aniqlanib, 1 milliard 866 million so‘mdan ortiq elektr energiyasiga noqonuniy ulanish va talon-toroj qilish holatlarining oldi olindi
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda avtobus va tramvayda kira narxlari oshdi Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Soʻnggi yangiliklar







