Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
Hozirgi kunda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida 5 kg marixuana giyohvandlik vositasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi.
IIV Tezkor qidiruv departamenti xabar berishicha, 1981 yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan shaxs maxsus xaridorga 1 kg marixuanani 25 mln so‘mdan sotishni rejalashtirgani to‘g‘risida ma’lumotlar olingan.
Maxsus xaridor bilan bog‘langan shaxs 5 kg yukni tayyorlab qo‘yganini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda vazni taxminan 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda mayning ferma 1,8 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Ikki viloyatda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarilishiga chek qoʻyildi Jizzaxda 19 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi Samarqandda 553 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi Samarqandda 10-sinf qiz o‘zidan uch yosh kichik qizni “samosud” qildi
Soʻnggi yangiliklar







