25 Yanvar 2025, 12:26 Oʻzbekiston

Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Hozirgi kunda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida 5 kg marixuana giyohvandlik vositasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi.

IIV Tezkor qidiruv departamenti xabar berishicha, 1981 yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan shaxs maxsus xaridorga 1 kg marixuanani 25 mln so‘mdan sotishni rejalashtirgani to‘g‘risida ma’lumotlar olingan.

Maxsus xaridor bilan bog‘langan shaxs 5 kg yukni tayyorlab qo‘yganini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda vazni taxminan 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar