Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi
Toyloq tumanida 55 ta to‘plam qurilmada elektrdan noqonuniy foydalanib kelgan mayning ferma aniqlandi.
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyatida 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning fermani aniqladi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” rasmiy kanalida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyatning Toyloq tumanidagi “Chorog‘bon” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro tijorat maqsadida 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 5 mlrd 528 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida noqonuniy mayning ferma aniqlandi Navoiydagi tovuq fermada mayning qurilmalari o‘rnatilgani aniqlandi Navoiyda “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi Toshkent tumanida noqonuniy “Mayning ferma” fosh etildi Toshkent viloyatida mayning ferma davlatga 1,25 mlrd so‘m zarar yetkazdi