Samarqandda 31 ta noyob daraxt kesib tashlandi
Samarqand shahrida qurilish firmasi 31 ta daraxtni noqonuniy kesib tashlashi oqibatida tabiatga 260 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi.
Samarqandda qurilish firmasi 31 ta noyob daraxtni noqonuniy kesib tashlagan. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar “Bog‘imaydon” MFYda joylashgan 16-bog‘cha hududida qo‘shimcha 150 o‘rinli bino qurish va hududda qayta qurilish ishlarini olib borayotgan “Samarqand maxsus suv drenaj” MChJ tomonidan 31 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangan.
Jumladan, 30 tup diametri 6,6 santimetrdan 24,5 santimetrgacha bo‘lgan Eldor qarag‘ayi va 1 tup diametri 27 santimetr bo‘lgan terakni bog‘cha binosining yerosti qismini qazish vaqtida kesib tashlagani va ildizlarini yo‘q qilgani holati aniqlangan.
Olib borilgan tezkor o‘rganishlar jarayonida “Samarqand maxsus suv drenaj” MChJ tomonidan daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlanishi oqibatida tabiatga 260 620 000 so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
4,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi Samarqandda qiz oʻzini 8-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi Qashqadaryoda erkak kuyovini urib o‘ldirdi Samarqand viloyatida bog‘cha yonib ketdi Samarqanddagi “zapravka”da yongʻin sodir boʻldi