17 Yanvar 2025, 16:30 Oʻzbekiston

Samarqandda 186,8 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Hozilda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Samarqandda 186,8 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Samarqand viloyatida 186,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Samarqand shahri, Narpay va Jomboy tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.u.” MChJ rahbari A.S. MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr uskunalarini, “N.Q.” va “A.J.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 186,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar