Samarqandda 186,8 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Hozilda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Samarqand viloyatida 186,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Samarqand shahri, Narpay va Jomboy tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.u.” MChJ rahbari A.S. MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr uskunalarini, “N.Q.” va “A.J.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 186,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda avtobus va tramvayda kira narxlari oshdi Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi Farg‘onada “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







