Samarqandda 10-sinf qiz o‘zidan uch yosh kichik qizni “samosud” qildi
Ishtixon tumanida 10-sinf qiz yigit talashib o‘zidan uch yosh kichik qizni kaltakladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchi qizlarining bir yigit sababli janjallashgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab salbiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Aytilishicha, boshqarma tomonidan o‘rganishlar olib borilgan. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, videodagi jabrlanuvchi o‘quvchi Ishtixon tumanidagi 15-umumta’lim maktabining 7-sinfida, uni kaltaklagan o‘quvchi qiz esa shu tumandagi 74-umumta’lim maktabining 10-sinfida tahsil oladi.
Mazkur holat yuzasidan har ikkala o‘quvchi bilan maktab amaliyotchi psixologlari, mahalla xotin-qizlar faoli va maktablarga biriktirilgan inspektor-psixologlar tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.
Shuningdek, holat tuman IIB tomonidan nazoratga olinib, zo‘ravon o‘quvchi qizning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi, birinchi qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadion vayron bo‘ldi Jomboy tumaniga ham yangi hokim tayinlandi Samarqandda talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







