2 Sentabr 2024, 11:10 Oʻzbekiston

Samarqandda 10 ming dollarga giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

Urgut tumanida 10 ming dollarga gashish giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi.

Samarqandda 10 ming dollarga giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

Samarqand viloyatida giyohvandlik moddasini shartli xaridorga sotmoqchi bo‘lgan ikki nafar shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 23 avgust kuni Samarqand viloyati IIB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Jomboy va Urgut tumanida yashovchi ikki nafar shaxs shartli xaridorga 700 gramm 10 ming dollarga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar