21 Oktabr 2024, 10:48 •Oʻzbekiston
Samarqandda 1 tup daraxt kesgan shaxs 71 mln soʻm jarimaga tortildi
Toyloq tumanida 1 tup daraxt kesgan shaxs 71 mln soʻm jarima toʻlaydigan boʻldi.
Samarqand viloyati Toyloq tumanida fuqaro daraxt kesishi oqibatida tabiatga 71 250 000 soʻmdan ortiq zarar keltirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan aniqlangan.
Davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida tumanning Xoʻjayuz MFY hududidagi tegishli ruxsatlarsiz sogʻlom, koʻkarib turgan 1 tup tut daraxtini shu atrofda yashovchi fuqaro U.Z. tomonidan kesishib tashlanganligi maʼlum boʻldi.
Shu bois qonunbuzarga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarari uchun 71 250 000 soʻm qoʻllanildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qo‘shiqchi Kanizani haqorat qilgan ikki yigit jarimaga tortildi Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab ishdan ketayotgani aytildi Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin
Soʻnggi yangiliklar
Kogon shahriga ham yangi hokim tasdiqlandi
30 Noyabr 2024, 19:17Avtobus yo‘lagida harakatlanish qoidalarini buzganlar jarimaga tortiladi
30 Noyabr 2024, 18:22O‘zbekiston ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga qo‘shildi
30 Noyabr 2024, 17:15O‘zbekistonda 10 oyda 110 trln so‘mdan ziyod transport xizmatlari ko‘rsatilgan
30 Noyabr 2024, 16:12Buxoroning ikki tumaniga yangi rahbarlar keldi
30 Noyabr 2024, 15:26Buxoroda YPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi
30 Noyabr 2024, 14:34Qo‘shiqchi Kanizani haqorat qilgan ikki yigit jarimaga tortildi
30 Noyabr 2024, 13:40Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi
30 Noyabr 2024, 12:38