Samarqand viloyatida “valyutchik”lar ushlandi
Oqdaryo va Ishtixon tumanlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Samarqand viloyatining ikki tumanida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar B.U. va D.T. fuqaro Q.Y.ga jami 3,2 ming AQSh dollarini 41,7 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan jami 4 637 AQSh dollari va 2 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Oqdaryo tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Mustaqillik MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro D.R. fuqaro M.M.dan jami 3,3 ming AQSh dollarini 41,9 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
To‘rt hududda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi Samarqandda bogʻcha va maktab oʻquvchilari xavfsizligiga zid ravishda “ilon oʻyini” tomoshasi oʻtkazilgani aniqlandi Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi Toshkentda qariyb 25 ming quti pirotexnika buyumlarini uyida saqlayotgan shaxs ushlandi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi