Samarqand viloyatida bog‘cha yonib ketdi
Yong‘in oqibatida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining shift va tom qismi yonib zararlangan.

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan bog‘cha binosi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 11 dekabr kuni kechki payt sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 20:40 da Past Darg‘om tumani Amir Temur mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi binosida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar berilgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, ular voqea joyiga soat 20:43 da yetib borgan va 21:55 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining shift va tom qismi yonib zararlangan. Hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda qaynona kelinini qaychi va oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi Samarqandda elektr va gaz korxonalarining 7 nafar xodimi qamoqqa olindi Samarqandda mashina boshqargan 11-sinf o‘quvchisi YTHda halok bo‘ldi Samarqandda 2 tonna isteʼmolga yaroqsiz goʻsht toʻxtatib qolindi Samarqandda mayning ferma 1,8 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







