27 Mart 2025, 10:49 Oʻzbekiston

Samarqand va Toshkent viloyatida bir nechta AYQSHlar sifatsiz benzin sotgani aniqlandi

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi kompaniyalarni isteʼmolchilarga pulni qaytarishga majbur qildi.

Samarqand va Toshkent viloyatida bir nechta AYQSHlar sifatsiz benzin sotgani aniqlandi

Toshkent viloyati va Samarqand viloyatidagi bir nechta AYQSHlarda sifatsiz benzin sotilgan, deb xabar bermoqda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi matbuot xizmati.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, BLACK GOLD ENERGY korxonalari tomonidan sotilayotgan AI-92 va AI-95 markali hamda SAFOMAX OIL kompaniyasining AI-92 markali yuqori oktanli benzin namunalarini tahlil qilish natijalari yoqilgʻi davlat standarti talablariga javob bermasligini koʻrsatgan.

Samarqand viloyatida ham mutaxassislar tomonidan Jomboy tumanidagi “HAPPY OIL” AYQSHda sotilayotgan AI-95 markali benzin namunalari kimyoviy tahlil qilindi. Tekshiruv natijalari ushbu kompaniyaning yoqilgʻisi ham sifatsiz ekanligini koʻrsatdi.

“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilishi holatlari boʻyicha uchta subyektga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, jami 22 mln soʻmga yaqin pul mablagʻlarini isteʼmolchilarga qaytarish boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berildi”, — deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar