Samarqand va Namanganda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Hozirgi vaqtda mazkur holatlar bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, Namangan shahrida fuqaro Z.R. o‘zining yashash xonadonida novvoyxona tashkil etib, tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u faoliyati davomida davlat manfaatlariga 362,5 mln so‘mlik zarar yetkazgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatining Tayloq tumanidagi “S.Sh“ oilaviy korxonasiga qarashli novvoyxonada ham tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanilgan. Oqibatda 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.
Bundan tashqari, Past Darg‘om tumanida yashovchi fuqaro A.M. ham o‘z xonadonida noqonuniy issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulangan. Natijada davlat manfaatlariga 462,7 mln so‘mlik zarar yetkazgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holatlar bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p shahar va tumanlar ma’lum qilindi O‘zbekistonda 2024-yili 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan Namanganda sud raisi yordamchisini kaltakladi Andijondagi ohak sexida 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Andijonda 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







