5 Fevral 2025, 12:35 Oʻzbekiston

Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

Adliya vazirligi Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olinganini ma’lum qildi.

Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga kiritildi, deya xabar qilmoqda Adliya vazirligi.

4-fevral kuni ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga topshirdi.

“Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etiladi. Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar