17 Yanvar 2025, 11:58 Oʻzbekiston, Sport

Samarqand—Buxoro yo‘nalishida ham pulli avtomobil yo‘li quriladi

Turkiya kompaniyasi yangi Samarqand—Buxoro tezyurar pulli avtomobil yo‘lini qurishi kutilmoqda.

Samarqand—Buxoro yo‘nalishida ham pulli avtomobil yo‘li quriladi

Turkiyaning IC İçtaş İnşaat kompaniyasi O‘zbekistondagi pulli avtomobil yo‘llari qurilishida ishtirok etmoqchi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 15-yanvar kuni kompaniya boshqaruv kengashi a’zosi Rexa Denemech hamda bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda kompaniyaning IC İçtaş İnşaat qurilish biznesini rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori Yegemen Ilkin hamda O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov, transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida DXSh dasturlari asosida transport infratuzilmasini takomillashtirish, xususan, avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Turk kompaniyasining avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va aeroportlar qurish yo‘nalishidagi loyihalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida Turkiya kompaniyasi yangi Samarqand—Buxoro tezyurar pulli avtomobil yo‘lini qurish maqsadida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan anglashuv memorandumi imzoladi.

Mashhur yangiliklar