
Samarqand avtobuslarida “kunlik reja” bekor qilindi
Endilikda tashuvchilar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati uchun haq oladi.

Samarqandda 43 ta avtobus yoʻnalishi brutto-shartnoma tizimiga oʻtkaziladi, deb xabar bermoqda viloyat transport boshqarmasi matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, endilikda avtobus haydovchilaridan kunlik tushum yoki bajarilgan reja talab qilinmaydi, bundan tashqari, endilikda tashuvchi bosib oʻtilgan masofa va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati uchun haq oladi.
Qayd etilishicha, avtobuslarda elektron toʻlov tizimi joriy etiladi, shuningdek, moslashuvchan tariflar belgilanadi. Xususan, bir soatlik birinchi sayohat 1600 soʻm, ikkinchisi 400 soʻm, uchinchisi esa bepul boʻladi.
Nafaqaxoʻrlar, maktab oʻquvchilari va talabalar uchun imtiyozlar amal qiladi. Shuningdek, yoʻlovchilar avtobuslar harakatini onlayn rejimda mustaqil kuzatishlari mumkin boʻladi.
Soʻnggi yangiliklar







