O‘zbekistonda 28-dekabr kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha ob-havo:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan va Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.