Salqin va yomg‘ir: 17-sentyabr uchun ob-havo
Tog‘larda kuchli shamol esishi mumkin.

17-sentyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, tog‘larda shamol kuchayadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 22-24° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tunda havo harorati 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekiston hududi butun ish haftasi davomida salqin va nam havo massasi ta’sirida bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Sinoptiklar yomg‘ir va momaqaldiroqni va’da qilmoqda, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Izohlar