Salqin va yog‘ingarchiliksiz ob-havo: 20-oktyabr uchun ob-havo
Respublikaning tog‘li hududlarida havo harorati deyarli nol darajagacha pasayadi.

O‘zbekistonda 20-oktyabr kuni havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘lishi, yog‘ingarchilik kutilmasligi haqida O‘zgidromet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 7-9°, kunduzi 21-23° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
- respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3-8°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Izohlar