Salqin va tuman: 6-noyabr uchun ob-havo
Ayrim hududlarda kechalari 12 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

6 noyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz ko‘tariladi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1-3° sovuq, kunduzi 8-10° iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Avvalroq sinoptiklar o‘zbekistonliklarni qor ko‘chkisi xavfi haqida shoshilinch ravishda ogohlantirgan edi. Tog‘li hududlar aholisi ehtiyot bo‘lishga chaqirildi.
Izohlar