O‘zbekiston

Salqin va shamol: 3-dekabr uchun ob-havo

Kechasi sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Фото: ситуативное

3-dekabr kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 13-15° iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4° sovuqdan 1° iliqgacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Buxoro, Navoiyda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo, Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
  • Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Снежана Самойлова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная