O‘zbekiston

Salqin va quruq: 25-noyabr uchun ob-havo

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

25-noyabrda O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 3-5, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-19° iliq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Avvalroq sinoptiklar noyabr oyining so‘nggi haftasida o‘zbekistonliklarni quruq va iliq ob-havo kutib turganini ma’lum qilgandi. Havo harorati faqat mamlakat shimolida noldan pastga tushadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная