O‘zbekiston

Salqin va nam: 6-iyun kuni ob-havo

Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayishi mumkin.

Salqin va nam: 6-iyun kuni ob-havo

6-iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Xorazmda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Toshkent viloyati, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Bundan oldin sinoptiklar o‘zbekistonliklarni tog‘larda sel kelishi xavfi borligidan ogohlantirgandi. Xavf mamlakatning 6 ta hududida e’lon qilingan.

Izohlar

Mavzuga oid